Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi texnikalari 2024 -yil bahorgi dala ishlariga tayyorlanmoqda

27 Dekabr 2023 2245

Agroinspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasining texnika holatini nazorat qilish shoʻbasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida 800 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 508 ta yozma ko‘rsatma 5 ta taqdimnoma hamda 287 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilingan. 2 ming 702 dona turli hil rusumdagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 2 ming 451 dona o‘zi yurar texnikalar, 251 donasi qishloq xo‘jaligi agregatlari hisoblanadi.

Texnika egalariga 1 ming 673 dona davlat raqam belgilari, 2 ming 485 dona texnik pasport hamda 258 dona texnik hamda 1 ming 637 dona traktorchi-mashinist guvohnomalari berilgan bo‘lib, 11 ming 523 dona texnikalar texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun yil o‘n ikki oy ish topiladi. Zero, qish fasli ham ular uchun masʼuliyatli davr. Yaʼni, bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga soz holga keltirish ishlari ayni noyabr-dekabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda 2024 yil bahorgi dala ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash ishlari qanday ketmoqda?

"O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi tomonidan bahorgi dala ishlarida qatnashuvchi traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash ishlarining belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatilib, bu borada nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shuningdek,  2024 yil bahorgi dala ishlarida qatnashadigan jami 1 280 ta chopiq traktori, 1 280 dona kultivatorlar, 660 ta chigit ekish seyalkalari hamda 2 ming 640 ta tishli boronalar, 1010 dona transport traktorlari, 233 dona purkagichlar, 251 dona mineral o‘g‘it sepkichlar, 183 dona chizellar va 163 dona yer tekislagichlarni markazlashgan holda taʼmirlash maskanlarida mavsumga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Bunda taʼmirlashning sifatli bajarilishi bilan birga, mexanizator va ustalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ehtiyot qismlar bilan to‘liq taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Agroinspeksiyaning Surxondaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech