Prezidentining 2021-yil 18-noyabridagi “Toshkent shahrida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-17-sonli qaroriga asosan Toshkent shahri Bektemir, Sergeli, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlariga o‘tkazilgan sug‘oriladigan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishini oldini olish, yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan Bektemir tumanidagi sug‘oriladigan yer maydonlarida nazorat tartibida o‘rganish o‘tkazildi
O‘rganish natijalariga ko‘ra; Toshkent shahar, Bektemir tumani Zabardast MFY hududidagi “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligiga tegishli qishloq xo‘jalik xaritasining 28q (1018 q)-konturidagi 43,9 ball bonitetli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlarida 42 ta holatda, 42 nafar fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, beton poydevorlar (shlakobloklar), pishgan g‘ishtlar bilan o‘rab, uy-joylar qurish ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.
Buning natijasida tuproqning unumdor qatlamiga zarar yetkazilgan. Ushbu “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligining 28q (1018q)-konturidagi 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonida yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar 1 348 265 819 (bir milliard uch yuz qirq sakkiz million ikki yuz oltmish besh ming sakkiz yuz o‘n to‘qqiz) so‘mni tashkil qiladi.
Yuqoridagi “Izzatilla Agro” fermer xo‘jaligiga tegishli 1,97 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlarida aniqlangan holatlarni bartaraf etish yuzasidan prokuratura organlariga maʼlumot taqdim etildi.
"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi