Ру Ўз O`z En

Boyovutda 2 mingdan ziyod gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish rejalashtirildi

25 Mart 2022 1891

So‘nggi yillarda kuchayib borayotgan suv taqchilligi hamda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyoj o‘sib borayotgani qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini keskin oshirishni talab etmoqda. Bu borada Boyovut tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar shakllantirilgan bo‘lib tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, tumanda 2021 yilda paxta xom ashyosi yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha jami tumanda 2532 gektar maydonga rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 1096 gektar tomchilatib, 1157 gektar yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda tumanda 40 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan  tomchilatib sug‘orish uchun 1549 ga , yomg‘irlatib sug‘orish uchun 6 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 1157 ga maydonlarga shartnomalar  tuzilgan. Shartnomalardan jami 46 mlrd.so‘mi moliyalashtirilgan. Bugungi kunda tomchilatib sug‘orish uskunalarini yetkazib berish “Xinjiang Demeter Agricultural Technology Co., Ltd.” pudratchi tomonidan taʼminlab kelinmoqda.

2021 yilda tumanda “Erkin Madatkor Fayz”  fermer xo‘jaligi 10 gektarga, “Sanjarbek Jurayev” fermer xo‘jaligi 19 gektarga, “Mavlonqul bobo farzandlari” fermer xo‘jaligi 41 gektarga hamda “Boyovut techno cluster” MCHJ tomonidan 617,3 gektar maydonlarga suv tejovchi texnologiyalari to‘liq joriy qilinib, undan unumli foydalanib kelmoqdalar, - deydi “O‘zagroinspeksiyaning Boyovut tuman bo‘limi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan  foydalanishni nazorat qilish shoʻbasi” katta inspektori Shaxzod Asadov.

Jumladan, bugungi kunda tumanda 2022 yil hosili uchun jami 2184 gektar maydonga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish rejalashtirilgan. Shundan, paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha 1600 gektar, bog‘larga 310 gektar, tokzorlar 24 gektar va  boshqalar 30 gektar yer maydonlariga o‘rnatish rejalashtirilgan. Shuningdek, 220 gektar g‘alla maydonlariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinmoqda.   

O‘zagroinspeksiyaning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatilishi yuzasidan doimiy monitoring tadbirlari olib borilib, qonunbuzilishi, uning kelib chiqish sabablari va uni yaratib berayotgan shart-sharoitlarni oldini olish yuzasidan 18 ta ogohlantirish hamda 7 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Text to speech