Ру Ўз O`z En

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ishtirokida brifing

26 Avgust 2024 975

Respublikada 2024-yil hosili uchun g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish ishlarini o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha maʼlumot.

Assalomu alaykum.  

Respublikada joriy yil g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish tadbirlarini o‘z vaqtida boshlash, yaʼni O‘rilgan g‘allazorlarni somondan tozalash, shudgorlash va ekin ekish ishlarini boshlash jarayonlari «O‘zagroinspeksiya» tomonidan monitoring qilib borildi.  

Taʼkidlash kerakki, joriy yilda respublikada g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shaydigan jami  923 ming 682 gektar maydonga takroriy ekin ekilishi rejalashtirilgan.

Shundan 284 ming 882 gektarga dukkakli ekinlar, 227 ming 164 gektar yerga ozuqa ekinlari, 110 ming 447 gektar yerga sabzavot, 101 ming 230 gektar sholi va shu kabi qolgan gektarlarga tariq, kartoshka, supurgi va moyli  ekinlarni takroriy ekin sifatida o‘z muddatlarida ekish  ishlari Inspeksiya tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.  

Jumladan, takroriy ekin uchun rejalashtirilgan dukkakli ekinlar 286 ming gektarga yoki rejaga nisbatan 100 foiz, ozuqa ekinlari 244,7 ming gektarga yoki rejaga nisbatan  112 foiz, sabzavot 104,1 ming gektarga yoki rejaga nisbatan deyarli  95 foizga,  sholi urug‘lari  99,7 ming gektarga yoki rejaga nisbatan 98,6 foiz, tariq doni  57 ming gektarga yoki rejaga nisbatan 102 foiz maydonlarda, shuningdek, boshqa turdagi takroriy ekinlar ham rejaga ko‘ra  ekib bo‘linishi taʼminlangan.  

 

Ushbu maydonlarda belgilangan qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi «O‘zagroinspeksiya» tomonidan o‘rganilganda klaster va fermer xo‘jaliklari o‘z ehtiyojlari uchun 453,1 ming gektarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 453,7 ming gektar yoki rejaga nisbatan 100,2 foiz, fermer xo‘jaligi aʼzolari tomonidan 311,1 ming gektar, amalda rejaga nisbatan 100 foiz, shuningdek ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatga olingan ishsiz fuqarolar tomonidan 159,8 ming gektar, amalda rejaga nisbatan 99,7 foiz maydonlarda takroriy ekinlar ekilganligi maʼlum bo‘ldi. 

Bugun sizga yetkazmoqchi bo‘lgan maʼlumotlar shulardan iborat edi, xayr salomat bo‘ling.

Text to speech