Ру Ўз O`z En

Bugungacha 18 ming gektardan ortiq maydonda yangi bogʼ barpo etildi

16 Fevral 2021 2036

Joriy yilda respublika boʼyicha jami 173,6 ming gektar, shundan 88,6 ming gektarda intensiv va mevali bogʼlar hamda 85,1 ming gektarda uzumzorlar barpo etish belgilangan.

Soha mutaxasislari tomonidan joriy yilda jami 88,6 ming gektar yangi bogʼlarni (shundan 11,8 ming.ga anorzor) barpo etish uchun 65,9 mln.dona mevali daraxtlar hamda 92 mln dona tok koʼchatlar talabi hisob-kitob qilingan.

Joriy yilda koʼchat ekish ishlari har yilgidan erta boshlab yuborildi.

Bugungi kungacha 18,1 ming gektar yangi bogʼ shundan 2,7 ming gektari anorzorlar va 14,3 ming gektar yangi tokzorlarga koʼchatlar ekib boʼlindi.

Yangidan bogʼ va tokzorlarni barpo qilishda Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, va Fargʼona viloyatlari peshqadamlik qilmoqdalar yaʼni ushbu viloyatlarda yillik rejaning 20-25 foizi miqdorida ekish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek fermer xoʼjaliklari va koʼchat yetishtiruvchi xoʼjaliklar oʼrtasida 2021 yilda jami 85,1 ming gektarda yangi tokzorlar barpo etish uchun 340 mlrd.soʼmlik 89 mln.dona (86%) koʼchat sotib olishga shartnomalar tuzilgan boʼlib, koʼchatlarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

"Oʼzagroinspektsiya"ning viloyat boshqarmalari va tuman boʼlimlari inspektorlari koʼchat yetishtiruvchilar tomonidan fermer xoʼjaliklariga yetkazib berilayotgan barcha turdagi koʼchatlarning sifati ustidan nazorat ishlarini olib bormoqdalar.

"Oʼzagroinspektsiya" Аxborot xizmati

Text to speech