Ру Ўз O`z En

2024 yil hosilidan jamg‘arilgan donning sifatli saqlanishi Inspeksiya nazoratida

15 Iyul 2024 62

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda va xalqmiz turmush farovonligini oshirishda qishloq xo‘jaligi, xususan, don yo‘nalishi muhim o‘rin tutadi. Shu bois aholining un va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bozorlarda un va non mahsulotlarini ko‘paytirish bugungi kunda eng ustuvor vazifalardan biri.

Hukumatning “2024-yil hosilidan bug‘doy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarorida, Davlat resursi sifatida hamda vaqtincha saqlashga qabul qilinadigan bug‘doyning sifati, saqlanishi hamda xaridorlarga yuklab jo‘natilishida tovar bug‘doyning sifati bo‘yicha nazorat Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga yuklatilgan.

2024-yil hosilidan Davlat resursi hamda vaqtincha saqlash sifatida xarid qilingan viloyat bo'yicha jami 287 ming 415 tonna bug‘doy doni qabul qilingan bo‘lib, shundan  86 ming 530 tonna jamg‘arma hisobiga, 177 ming 615 tonna vaqtinchalik saqlov hamda 23 ming 271 tonna urug‘lik don qabul qilingan bo‘lib, shulardan don qabul qilish shoxobchalardagi ochiq maydonlarga qabul qilingan jami 191 ming 170 tonna, yopiq sig‘imlarga 80 ming 745 tonna, hamda maxsus maydonlarga 15 ming 500 tonna bug‘doy donini nes-nobud qilmay sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida don korxonalari tarkibidagi don qabul qilish shoxobchalarining yopiq sig‘imli omborlariga hamda bosh korxona elevatorlariga olib kirish “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

D.Ubaydullayev,  Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘ba boshlig‘i.

Text to speech