O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunida, davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
Davlat xizmatchilarining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ularning samarali faoliyat olib borishlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Aynan shu maqsadni ko‘zlab, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida davlat organlari va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan davlat xizmatchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Xususan, «O‘zagroinspeksiya»ning Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari ham malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xuddi shunday ko‘rik tuman poliklinikalarida tuman bo‘limlari mutaxassislari uchun tashkil etildi.
Tadbir davomida barvaqt aniqlangan kasalliklarni oldini olish, davolash bo‘yicha zarur tibbiy tavsiyalar berildi.