9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Sorruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
2003-yil 9-dekabr kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.
Bosh Assambleya rezolyutsiyasida aytilishicha, bu kunni belgilashdan maqsad, korrupsiya muammosining tub mohiyatini tushunib yetish va korrupsiya bilan kurashish hamda uni oldini olishdan iboratdir.