“O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan 2025-yil g‘alla hosilini qabul qilishda ishtirok etadigan don qabul qiluvchi korxonalarning laboratoriya jihozlari moddiy-texnika bazasini mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi.
O‘rganishlarda, viloyatda joylashgan don qabul qilish korxonalarida jami 20 ta laboratoriyaning sinov jihozlari, 44 ta SESH – namlikni aniqlash va 25 ta IDK – kleykovina guruhini aniqlash laboratoriya jihozlari, 22 ta laboratoriya va 22 ta avtomobil tarozilari qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatildi.
Natijada don qabul qilish korxonalarida laboratoriya jihozlari texnik holati, mavjud sinov uskunalari hamda o‘lchov vositalarining metrologiya tekshiruvidan (qiyoslashdan) o‘tkazilganligi, yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va standartlar bilan ta’minlanganligi aniqlandi.
Shuningdek, joylarda o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida g‘alla hosilini qabul qilish mavsumida belgilangan tartib va standart talablaridan og‘maslik to‘g‘risida tushunchalar berildi.
K.Bozorov,
“O‘zagroinspeksiya” ning Buxoro viloyat boshqarmasi Me’yoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish sertifikatlash va metrologiya bosh mutaxassisi