Ру Ўз O`z En

El boshiga ish tushganda: Buxoroda 4 ming 856 gektar yer maydonlari qayta ekildi

12 May 2020 2657
Kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatining barcha tarmoqlarida yetkazilgan talofatlar soha mutaxassislari tomonidan oʻrganilmokda.
 
Viloyatdagi shtabdan olingan maʼlumotga koʻra, vohada 97 ming 900 gektar paxta maydonida erta bahorda urugʻ qadalgan edi. Kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6 ming 451 gektar chigit ekilgan maydon talofat koʻrgan. U yerda qayta ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmokda.
 
Hozirgi kunda jami 4 ming 856 gektar (75,3%) yer maydonlari qayta ekildi. Shuningdek, 12 ming 619 gektar gʻalla maydoniga kuchli zarar yetgan boʻlib, 680 gektar buziladigan gʻalla maydoni oʻrniga 57 gektar (8,3%) paxta ekildi. Qolgan qismiga esa 185 gektar soya, 120 gektar kungaboqar, 19 gektar poliz, 68 gektar mosh va 40 gektar makkajoʻxori ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.
 
Shuningdek, viloyatdagi 194 gektar issiqxonalarga va 2 ming 616 gektar bogʻlarga ham kuchli talofat yetgan.
 
Tabiiy ofatni bartaraf etish maqsadida Respublika vazirlik, idora, tashkilotlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengesi, Toshkent shahar va barcha viloyat hokimliklari tomonidan 6,4 milliard soʻm homiylik mablagʻlari hamda 2,9 milliard soʻmlik qurilish materiallari va 1,6 milliard soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
 
Manba: OʻzA
Text to speech