Joriy yil 24 yanvar kuni Agroinspeksiyada 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan hayʼat yig‘ilishida 2023-yilda bir qator mutaxassislarning sohada ko‘rsatgan xizmatlari hamda mehnatlari eʼtirof etildi.
Shu munosabat bilan Inspeksiya boshlig‘i buyrug‘i qabul qilinib, o‘tgan 2023-yil davomida agrar soha va Inspeksiya rivojiga qo‘shgan hissasi hamda xizmat vazifasini sidqidildan bajargan hududiy boshqarmalar, tuman bo‘limlari hamda Inspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining jami 143 nafar xodimlari tashakkurnoma bilan taqdirlanib, moddiy rag‘batlantirildilar.
Suratda: «O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi tuman bo‘limlari xodimlari hamda Markaz xodimlari
«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati