Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 325-sonli qarorida:
2021 yil 1 yanvar — 2022 yil 31 dekabr davrida eski namunadagi barcha texnik pasport va texnik guvohnoma, traktorchi-mashinist guvohnomasi, ularning berilgan sanasidan qatʼiy nazar, majburiy tartibda almashtirilishi;
eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma va davlat raqam belgilari bo‘lgan texnika egalari, shuningdek eski traktorchi-mashinist guvohnomasi bo‘lgan jismoniy shaxslar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzildagi “O‘zagroinspeksiya”ning hududiy organlariga yangi namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari hamda traktorchi-mashinist guvohnomasiga almashtirish uchun murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.