Agroinspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan Hukumatning 325-sonli qarorida ko‘rsatilgan vazifalar o‘tgan hisobot davri bo‘yicha tahlil etilganida, viloyat boshqarmasining Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi inspektorlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra 2021 - yilning 9 oyida viloyat bo‘yicha jami 3362 ta har xil turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari, shundan 2253 ta traktorlar, o‘ziyurar texnikalar, tirkamalar va 1109 ta qishloq xo‘jaligi agregatlari ro‘yxatga olingan. Shundan 1412 donasi vaqtinchalik va 1221 donasi yangi xarid qilingan texnikalarga to‘g‘ri keladi.
Shu davr ichida inspektorlar tomonidan jami 2377 dona davlat raqam belgilari berilishi, 7946 dona texnik pasportlar (shundan 1016 ta vaqtinchalik), 2144 ta texnik guvohnomalar ( 448 ta vaqtinchalik) va 1128 dona traktorchi mashinist guvohnomalari rasmiylashtirib berilishi hamda 18 ming 606 dona texnika vositalari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi taʼminlangan.
Hozirgi vaqtda barcha tuman bo‘limlari texnik hujjatlarni yangi ko‘rinishdagi plastik shaklda berish uchun zamonaviy printerlar bilan jihozlangan bo‘lib, murojaatlar bo‘yicha to‘liq (100 foiz) plastik shaklda texnik hujjatlar rasmiylashtirib berilishi taʼminlanmoqda. Shuningdek, 299 ta texnikalar ro‘yxatdan chiqarilgan.
Shu bilan birga, texnika egalariga texnikalar to‘g‘risida 602 ta TM1-maʼlumotnomalari berilgan, 82 ta har xil turdagi texnikalar taqiqqa olingan.
Buning natijasida, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan davlat xizmatlaridan 6 oy davomida jami 2 mlrd. 828 mln. so‘m pul mablag‘larining tushirilishi taʼminlangan.
Inspeksiyaning viloyat tumanlari bo‘limlari tomonidan mavjud traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining shu kungacha 25 968 tasini elektron bazasi shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 12.11.2019 - yildagi № 583-sonli Qonuniga asosan Inspeksiyaga MJtK ning 112, 125, 135 va 139-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish va belgilangan tartibda chora ko‘rish vakolati berilgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida inspektorlar tomonidan viloyat bo‘yicha jami 373 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan, shundan 367 tasi belgilangan tartibda undirib olingan.
Joriy yildan boshlab viloyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqbuzarlik holatlarini barvaqt aniqlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Inspeksiya markaziy apparati va boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarining yo‘l harakati xavfsizligi (YHXB) inspektorlari bilan hamkorlikda viloyatda hamda barcha tumanlarda haftaning payshanba kunlari “qo‘shma reyd” o‘tkaziladigan kun sifatida tartib joriy etilgan bo‘lib, shu kuni Inspeksiya tizimida ishlayotgan texnika nazorati bo‘yicha inspektorlarimiz joylardagi IIB YHXB inspektorlari bilan birgalikda hududlarda samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar va bu jarayon ustidan viloyatda alohida nazorat o‘rnatilgan.
“O‘zagroinspeksiya” ning viloyat boshqarmasi hamda tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarining o‘tkazilishi tizimli davom ettiriladi.
"O‘zagroinspeksiya"ning Farg‘ona viloyat boshqarmasi Axborot xizmati