Ру Ўз O`z En

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida kartoshkaning yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

16 Iyul 2021 1809

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4704-sonli qarorida belgilab berilgan topshiriqlar bo‘yicha joriy yilning 15 iyuligacha jami 272 gektar, shundan, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida 120 gektar, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 50 gektar, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 50 gektar, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 27 gektar va Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 35 gektar maydonlarga Fransiya va Gollandiyadan super elita va elita avlodli urug‘liklar keltirilib ekilishi tashkil etildi. 

Ushbu maydonlardan kelgusi yil hosili uchun 5 ming 440 tonna yuqori avlodli urug‘liklar Respublikaning hududlariga yetkazib beriladi.

Joriy yilning 1 avgustiga qadar 3 ming 200 gektar maydonlarda kartoshkaning yuqori avlodli urug‘liklari ekilishi taʼminlanadi.

Mazkur qarorga asosan Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi “Ozod” xo‘jaligida kartoshkaning super elita urug‘ligini yetishtirishga ixtisoslashtirilishi belgilab berilgan.

Ayniqsa, 2021 yildan boshlab So‘x tumanining “Ozod” xo‘jaligida Gollandiyadan keltirilgan kartoshkaning “Arizona” va “Pikasso” navlaridan 91 tonna super elita urug‘liklarini 27 gektar maydonda ekilishi So‘xliklar uchun ko‘p yillik orzuning ushalishi bo‘ldi.

Bugungi kunda, ushbu maydonlardan kasalliklardan holi serhosil va tezpishadigan kartoshkaning “Arizona” va “Pikasso” navlaridan 550 tonna elita avlodli urug‘liklar yetishtirilishi hududdagi kartoshkachilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarni iqtisodiy samaradorligini taʼminlaydi.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan, yuqori avlodli kartoshka yetishtirilayotgan maydonlarda aprobatsiya ko‘riklarini davlat standartlari talabi darajasida o‘tkazilishi, yetishtirilgan urug‘liklarni saralanishi, saqlanishi va fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga yetkazib berilishi ustidan  tizimli nazorat olib boriladi.

 

Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi  

 

Text to speech