Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi 280-sonli qaroriga muvofiq, viloyatda jami 155 ta subʼektlarga, shundan, 58 ta subʼektlarga import qilinadigan 1 ming 500 bosh nasldor qoramollarga, naslchilik xoʼjaliklari tomonidan yetishtirib sotiladigan 1 ming bosh nasldor qoramollarga, import qilinadigan 1 ming bosh nasldor qoʼylarga hamda import qilinadigan 40 ming bosh bir kunlik naslli joʼjalar uchun subsidiyalar ajratish, viloyat hududidagi mavjud fermer xoʼjaliklaridan 30 ta chorvachilik subʼektlarini naslchilik toifasiga oʼtkazish belgilangan.
Yil yakuniga qadar 285 ming doza muzlatilgan naslli buqa urugʼi sotib olinib, 190 ming bosh sigir va tanalar sunʼiy urugʼlantiriladi.
Shuningdek, aholi va chorva mollarining naslini yaxshilash hamda viloyatda 2021 yilda 442 ta chorvachilik subʼektlarida 38 ming bosh qoramol, 40 ming 722 bosh qoʼy va echkilarda identifikatsiya tadbirlari amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Fargʼonada barcha toifa xoʼjaliklarida ozuqabop ekin turlarini joylashtirish boʼyicha 17 ming 777 gektarga ekish ishlari koʼzda tutilgan boʼlib, shundan 3 ming 780 gektar maydonga beda, 12 ming 757 gektar maydonga makkajoʼxori (don va silos uchun) va 1 ming 240 gektar hashaki lavlagi ekilishi koʼzda tutilgan.
Bundan tashqari, gʼalladan boʼshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish uchun ajratilgan maydon 16 ming 905 ga rejalashtirilib, shundan makkajoʼxori (don uchun) 3 ming 380 ga, makkajoʼxori (silos uchun) 13 ming 525 ga yer maydoniga ekilishi taʼminlanadi.
Viloyatda mustahkam ozuqa bazasini yaratish hamda chorva qishlov mavsumini betalofat oʼtkazish maqsadida barcha toifa xoʼjaliklar dagʼal xashak jamgʼarish 1 mln 338 tonna, shundan 521 ming tonna somon, jumladan fermer va qishloq xoʼjalik korxonalarida 157 ming tonna dagʼal xashak, shundan 48 ming tonna somon, dexqon xoʼjaliklarida 1 ming 181 dagʼal xashak, shundan 473 tonna somon jamgʼarish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari Inspektsiyaning Fargʼona viloyat boshqarmasi va tuman (Quvasoy shahar) boʼlimlari bilan birgalikda 2020 yilda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar chorvachilikda naslchilik ishlari bilan shugʼullanuvchi subʼektlarni faoliyati ustidan jami 394 ta nazorat tadbirlari oʼtkazilib, aniqlangan 111 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan kelib tushgan soʼrovnomaga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlariga 1 ta material yuborilgan, 45 ta taqdimnoma, 65 ta yozma koʼrsatmalar berilgan.
Shuningdek, amaliy tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf xamda qonunbuzilish holatlarini oldini olish yuzasidan 62 ta yozma koʼrsatmalar va 466 ta ogohlantirishlar chiqarilgan.
Bundan tashqari, inspektsiyaning Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʼlimi hududidiy katta inspektorlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davri davomida tegishli tuman hokimliklariga 8 ta va tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimlariga 7 ta taqdimnomalar, 2 ta yozma koʼrsatma hamda zooveterinariya punktlari rahbarlariga esa 18 ta yozma koʼrsatmalar kiritilgan.
2021 yilning yanvarь va fevralь oyining shu kuniga qadar mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar chorvachilikda naslchilik ishlari bilan shugʼullanuvchi subʼektlarni faoliyati ustidan jami 167 ta nazorat tadbirlari oʼtkazilgan boʼlib, xabardor qilish tartibida 6 ta shekshirishda aniqlangan 15 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan 10 ta taqdimnoma, 5 ta yozma koʼrsatmalar berilgan.
Shuningdek, amaliy tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf hamda qonunbuzilish holatlarini oldini olish yuzasidan 21 ta yozma koʼrsatmalar va 143 ta ogohlantirishlar berilgan.
А.Аxmedov, "Oʼzagroinspektsiya" Fargʼona viloyat boshqarmasi Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori