Ру Ўз O`z En

G‘alla-2024: Navoiy viloyatida 91 ta yuqori unumli don o‘rish kombaynlari mavsumga shay

4 Iyun 2024 1628

Tuman dehqonlari joriy yilda 44 ming 300 gektar suvli maydonda boshoqli don ekinini yetishtirib, undan yuqori hosil o‘rib-yig‘ib olish maqsadida barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirmoqda. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida joriy mavsumda tumandagi o‘rim-yig‘im ishlariga  91 ta yuqori unumli don o‘rish kombaylari qatnashishi rejalashtirilgan. 

Ushbu kombaynlardan 32 tasini “Keys”, 56 tasini “Klass Domintor”,  3 tasini boshqa rusumdagi texnikalarni tashkil etadi. Mavsum avvalida kombaynlarni tayyorlash uchun jami 5 milliard 644 million so‘mlik ehtiyot qismlari, shinalar, akkumulyator batareyalari hamda servis o‘tkazish uchun yonilg‘i-moylash materiallari filtrlarga va boshqa ehtiyot qismlariga talab borligi aniqlangan. Ayni paytga qadar g‘allachilik klasterlari tomonidan kombaynlarni taʼmirlash uchun 4 milliard 450 million so‘mdan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilib, zarur ehtiyot qismlar yetkazilgan. 

Inspeksiya tomonidan kombaynlarning taʼmirlanishi, kerakli ehtiyot qismlar uchun talab etiladigan mablag‘ning o‘zlashtirilishi, mexanizatorlarga zarur sharoitlarning yaratilishi yuzasidan kunlik monitoring o‘tkazib borildi, – deydi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Bozorov.               

Xususan, mavsum boshidan hozirga qadar o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan kombaynlarni taʼmirlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli idoralar rahbarlariga 15 ta yozma ko‘rsatma va 130 ta ogohlantirish xatlari berilib, 5 ta taqdimnoma kiritilgan.

Mavsumda qatnashishi belgilangan “Agroservis MTPMCHJlarga qarashli 45 ta, fermer xo‘jaliklariga qarashli 39 ta va boshqa tashkilotlarga qarashli 7 ta kombaynlar birma-bir  texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda,–deydi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi B.Bozorov.                                      

Ko‘rik jarayonlarida kombaynlarda uzel va agregatlarning sifatli taʼmirdan chiqarilganligi, servis xizmatlarining o‘tkazilganligi, tungi yoritish va gabarit chiroqlarining ishlashi, birlamchi o‘t o‘chirish vositalarining butligi, don to‘kilishining oldini olish maqsadida germetizatsiya ishlarining amalga oshirilganligiga katta eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

 

Inspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Text to speech