Ру Ўз O`z En

DON QABUL QILISH KORXONALARI MAVSUMGA SHAYLANMOQDA

12 May 2025 42

Joriy yil g‘alla tayyorlash mavsumida Jizzax viloyatida 202 500 tonna tovar don (bug‘doy) va 14 250 tonna urug‘lik don qabul qilish rejalashtirilgan. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jizzaxdonmahsulotlari” АJ, “Do‘stlikdonmahsulotlari” АJ, “Zarbdor elevatori” АJ korxonalari va ularga qarashli don qabul shoxobchalarida don qabul qilish uchun moddiy-texnika bazasi hamda laboratoriyalar jihozlarini mavsumga tayyorlash uchun izchil ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Do‘stlikdonmahsulotlari” АJda korxona va unga qarashli don qabul qilish shoxobchalariga 80 278 tonna tovar don (bug‘doy) tayyorlash rejalashtirilgan. “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan korxonalarga kerakli tavsiya va amaliy yordamlar berib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “G‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi312-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga ko‘ra korxonalarda mavjud sig‘im va maydonlarga xulosa berish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bugungi kunda “Do‘stlikdonmahsulotlari” АJda moddiy texnika bazasi hamda laboratoriyalar jihozlarini mavsumga tayyorlash ishlari davom ettirilmoqda.

 J.Utashev

“O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i       

Text to speech