Har yili uygʼonish, yasharish fasli boʼlmish navbahor, qadimiy va goʼzal ayyomimiz Navroʼzi olam arafasida koʼcha-koʼylar, mahallalarni obod qilish, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holga keltirish oʼzgacha bir anʼanaga aylanib qolgan.
Shu bois, Navroʼz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʼrish, oʼzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga asosan 2021 yil 13-14 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida "Obod va koʼrkam mahallam" shiori ostida obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari boʼlib oʼtmoqda.
Ushbu hayrli tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Hashar, avvalo, inson qalbidan boshlanadigan, unga ezgulik, mehr- muhabbat urugʼini qadaydigan xalqimizga xos qadriyatdir. Shu bois ham bugun inspektsiya xodimlari ertalabdan boshqarma binosi hududini tartibga keltirish, koʼkalamzorlashtirish va daraxtlarga shakl berish ishlariga kirishib ketdilar.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hasharda boshqarma va tuman boʼlimlari xodimlari hamjihatlik va koʼtarinki kayfiyat bilan qatnashmoqdalar.
Eslatib oʼtamiz, oʼtgan yilgi umumxalq hashari tadbirida (https://t.me/uzagroinspeksiyanews/347) ham “Oʼzagroinspektsiya” xodimlari faol ishtirok etgan edilar.
Inspektsiyaning hududiy boshqarmalarida ham umumxalq hashari koʼtarinki ruhda oʼtkazilmoqda. Suratlarda Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari