Qishning sovuq kunlari ehtiyojmand va mehrga muhtoj oilalar, yakka-yolg‘iz qariyalar holidan xabar olish xalqimizga xos oliyjanoblik, bag‘ringlik, hayru- saxovatlilik belgisidir. Navbahor tumanida ana shunday ezgu ishga qo‘l urildi.
Eʼtiborlisi, bu ezgu harakatga "O‘zagroinspeksiya" Navbahor tuman bo‘limi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Jumladan, tumanning “Navkar” mahallasidagi 30 ga yaqin ehtiyojmand oila, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda yolg‘iz qariyalarga ro‘zg‘or uchun zarur mahsulotlar homiylik sovg‘asi sifatida ulashildi.
Bu eʼtibor, mehr namunasi xonadon egalariga cheksiz xursandchilik berdi. Aslida bir og‘iz shirin so‘z, kimgadir dalda bo‘lish, koriga yarash ham savobli amaldir.
-Ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olib, ularga qo‘limizdan kelgancha yordam bera olganimizdan mamnunmiz, - deydi "O‘zagroinspeksiya" Navbahor tuman bo‘limi boshlig‘i Abbos Rizoqulov. - Bu insoniylik burchimiz edi, bizni xursand bo‘lib qarshi olishganidan mamnun bo‘ldik.
Bu kabi hayr-saxovat tadbirlari davom etayotgani quvonarli hol, albatta. Agroinspeksiya tuman bo‘limi xodimlari mazkur tadbirlarda ham munosib ishtirok etishmoqdalar.
Z. Boboyeva, "O‘zagroinspeksiya" Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati