O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda "O‘zagroinspeksiya" kelishuviga ko‘ra tuzilgan “QO‘SHMA TADBIRLAR REJASI”ga asosan Samarqand viloyati Paxtachi tuman IIB va agroinspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida olib borilgan tadbir davomida bir qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Jumladan: joriy yilning 27 iyul kunida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Paxtachi tumani "Tadbirkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T. Sh. va "Fay” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Q. B larning “Tadbirkor” MFY hududida o‘zlariga tegishli bo‘lgan TTZ-80.11 , TTZ-80.10 rusumli transport traktorlari to‘xtatilib tekshirilganda o‘ng va chap tomon burilish chiroqlari nosozligi, orqani ko‘rsatish ko‘zgularini o‘rnatmasdan traktorni boshqarib kelganligi holati aniqlangan. Har ikki holat bo‘yicha Inspeksiyaning Paxtachi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi S.Xo‘janov tomonidan dalolatnomalar tuzilib, huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MjtKning 112-moddasi tartibida maʼmuriy bayonnomani rasmiylashtirildi.
Shuningdek, 2023-yil paxta yig‘im-terim mavsumi oldidan traktor tirkamalarini taʼmirlash uchun dislokatsiya joylariga markazlashgan holda yig‘ib, taʼmirlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kunlik nazorat tadbirlari hamda monitoring ishlari olib borilmoqda.
Shunga ko‘ra, joriy yil 27 iyul kuni 5 nafar mexanizatorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Kelgusidagi nazorat tadbirlari davomida har bir mexanizatorlar bilan alohida yo‘l harakati va texnika xavfsizligi qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qonunda belgilangan tegishli choralar qo‘llanilib borilishi taʼminlanmoqda.
"O‘zagroinspeksiya"ning Paxtachi tuman bo‘limi