Ру Ўз O`z En

Hududda jismoniy shaxslar tomonidan 124 ta qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

5 Avgust 2020 2626

Inspektsiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi va tuman boʼlimlari tomonidan joriy yilning oʼtgan davri davomida yerlardan foydalanish qonuniyligini oʼrganish yuzasidan, jami 461 ta nazorat tadbirlari oʼtkazildi, shundan 29 ta holatda 126 gektar yer maydonlari monitoring shaklida, 432 ta holatda oʼrganishlarda 38891.8 gektar yer maydonlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Shundan tekshirishlar boʼyicha:

Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman boʼlimlari tomonidan tekshirish davomida 29 ta holatda 233,45 gektar, shundan fermer xoʼjaliklarida 23 ta holatda 199,4 gektar, boshqa qishloq xoʼjaligi korxonalarida 4 ta holatda 34,05 gektar, jismoniy shaxslar tomonidan 2 ta holatda 0,04 gektar maydonlarda qonunbuzilishi aniqlanib, tekshirish yakuni boʼyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda koʼrib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.

Jumladan, Bekobod tumanidagi “Qulmuhammad” fermer xoʼjaligi 0,02 gektar, “Toʼychivoy Muhammad Omad” fermer xoʼjaligi tomonidan 0,01 gektar yer maydonlaridan xoʼjasizlarcha foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, ularga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 65-moddasi 1-bandi bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar mazmunan koʼrib chiqilishi uchun Maʼmuriy sudga yuborilgan.

Bu kabi holatlar, Boʼka tumanida ham kuzatilgan. Tumanda faoliyat olib borayotgan “Xoliqov Farrux Madaminovich” fermer xoʼjaligi tomonidan

1,6 gektar, “Nishon” fermer xoʼjaligi 3,0 gektar, “Sardor Saidamir agro” fermer xoʼjaligi 3,5 gektar, “Uchqun” fermer xoʼjaligi 1,6 gektar, “Otaxoʼja oʼgʼli Yusuf” fermer xoʼjaligida 0,15 gektar jami boʼlib 9,85 gektar yer maydonlaridan xoʼjasizlarcha foydalanib kelinayotganligi aniqlangan. Unga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda qonunbuzarlarga nisbatan choralar koʼrilishi taьminlangan.

Oʼtkazilgan monitoringlar boʼyicha:

Viloyat boshqarmasi va uning tuman boʼlimlari tomonidan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sohasida oʼtkazilgan monitoringlarda jami 432 ta holatda 38891,8 gektar maydonlarda, shundan davlat boshqaruv organlarida 17 ta holatda 10928 gektar, klaster korxonalarida 5 ta holatda 14908 gektar, fermer xoʼjaliklarida 249 ta holatda 5314,89 gektar, dehqon xoʼjaliklarida 2 ta holatda 0,7 gektar, boshqa qishloq xoʼjaligi korxonalarida 24 ta holatda 666,4 gektar, egasiz (zahirada) turgan qishloq xoʼjaligi yerlarida 11 ta holatda 13,17 gektar, jismoniy shaxslar tomonidan 124 ta holatda 67,08 gektar maydonlarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Аniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 60, 65, 67, 68-moddalarining tegishli bandlariga asosan jami 18,13 ming soʼm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʼllanilib, shundan 12,34 ming soʼm poʼl mablagʼlarining undirilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, tekshirishlarda Vazirlar Mahkamasining 146-sonli qaroriga asosan yer toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga zid ravishda tegishli ruxsat olmasdan oʼzboshimchalik bilan yerlarni qishloq xoʼjaligi muomalasidan chiqishga sabab boʼlgan 4 nafar fuqaroga nisbatan jami 212901,1 ming soʼm zarar hisoblanib tegishliligi boʼyicha sudlarga yuborilishi taʼminlangan.

Oʼtkazilgan monitoringlar natijasida davlat boshqaruv organlari, klaster korxonalari, fermer xoʼjaliklari, dehqon xoʼjaligi, jismoniy shaxslar va boshqa qishloq xoʼjaligi tashkilotlariga 237 ta ogohlantiruv, 7 ta koʼrsatma va 9 ta taqdimnomalar kiritilgan.

Jumladan, Oqqoʼrgʼon tumanida yashovchi fuqarolar M.Tursunbaeva 0,35 gektar, M.Toʼraev 0,03 gektar, S.Аmanov 0,01 gektar, S.Togaev 0,01 gektar, va M.Аbdugʼaffarov 0,5 gektar jami 0.9 gektar yerlardan xoʼjasizlarcha foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, ushbu holatlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 65-moddasi 1-bandi bilan jami 1 786 ming soʼm miqdorida maʼmuriy jarima qoʼllanilib, 1 786 ming soʼm undirilishi taьminlangan.

Inspektsiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman boʼlimlari tomonidan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer maydonlari ustidan doimiy ravishda nazorat oʼrnatilgan boʼlib, qonunbuzilish holatlariga yoʼl qoʼygan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora koʼrib borilishi taʼminlanib kelinmoqda.

 

“Oʼzagroinspektsiya” Toshkent viloyati boshqarmasi

Text to speech