Ру Ўз O`z En

Hududlarda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish ishlari davom etmoqda

19 Iyul 2022 2984

Respublikamiz aholisini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va fermer xo‘jaliklari iqtisodini mustahkamlash maqsadida, joriy yil g‘alladan bo‘shagan jami 821 ming gektar maydonlarda takroriy ekin sifatida ekish ko‘zda tutilgan.

Mavjud yerlarning 6,2 ming gektarga sabzavot, 32,1 ming gektarga poliz, 27,8 ming gektarga kartoshka 41,8 ming gektarga moyli, 278,1 ming gektar dukkakli, 15,6 ming gektar makka don, 99,5 ming gektar sholi, 193,9 ming gektar ozuqa ekinlar, 28,7 ming gektar tariq va 6,5 ming gektar supurgi ekinlari ekiladi.

Har bir kunini g‘animat bilgan dehqonlar tomonidan takroriy ekin ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan, takroriy ekin sifatida ekilishi lozim bo‘lgan ekin yer maydonlarining ekish ishlariga tayyorlanishi, ekiladigan maydonlar uchun sarflanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa korxonalarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi yuzasidan fermer xo‘jaliklari va dehqonlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.

Bundan tashqari, bo‘limning vertikal tizimidagi inspektorlar tomonidan fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa korxonalarga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini sertifikatlab ekilishi kelgusida ekinlar ekilgan maydonlardan yuqori hosil olish imkoni mavjud bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” vakolati doirasida muvofiqlik va fitosanitar sertifikatlari mavjud qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini realizatsiya qilinishi, standart talablari asosida saqlanishi nazorat qilinib borilmoqda. Sertifikatsiz urug‘liklarni tarqatilishi yoki ekilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlari tegishli tartibda ogohlantirilmoqda.

Joriy yilning 18 iyul holatiga ekilishi ko‘zda tutilgan maydonlarning 790 ming gektari (96%) da ekish ishlari yakunlandi.

Respublikamiz hududlarida, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik maqsadlarida ekiladigan kartoshka maydonlari inspektorlar tomonidan alohida nazoratga olinib, kelgusida urug‘lik maqsadlari uchun ekilgan kartoshka maydonlarini aprobatsiya qilinishi va undan yaroqli deb topilgan urug‘lik maydonlaridan sifatli yuqori avlodli urug‘liklarni jamg‘arilishi hamda saqlanishi nazorat qilib boriladi.

X. Maxmudov, “O‘zagroinspeksiya” bo‘limi boshlig‘i,

Z. Ismatov, Bosh inspektor

Text to speech