Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada "Yangi yil archasi" bolalar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi

28 Dekabr 2023 1439

Yangi yil archasi – har bir bolakay uchun eng orziqib kutiladigan hodisa. Bugun Agroinspeksiyada xodimlar farzandlarini xursand qilish uchun "Yangi yil archasi" tadbiri o‘tkazildi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etiltgan ushbu tadbirda bolajonlarga olam-olam quvonch bag‘ishlab qorbobo-qorqiz va ertak qahramonlari tashrif buyurishdi.
Bolajonlar tomonidan aytilgan sheʼr va qo‘shiqlarni kattalar olqishlab turdilar. Inspekiya Kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan shirinliklar bilan to‘la bayram sovg‘alari jajji egalariga topshirildi
Yangi yil shukuhi va ko‘tarinki kayfiyat ulashishni maqsad qilgan ushbu tadbir yaqinlashib kelayotgan Yangi – 2024 yil bayram tadbirlari oldidan tashkil etilgani bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.    
O‘ylaymizki, endi bolajonlar bu kabi "Yangi yil"ni keyingi yilgacha orziqib, hayajon bilan kutishadi.

Text to speech