Ру Ўз O`z En

Inspeksiya bilimdonlari “Zakovat”ning viloyat bosqichida bellashdilar

22 Fevral 2024 1840

Inspeksiyaning tuman bo‘limlari xodimlaridan iborat jamoalar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yining birinchi (hududiy) bosqichida 150 ta tumandan 600 nafar xodimlar ishtirok etdi. Jamoalar qizg‘in bahslar davomida uyushqoqlik bilan o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdilar. 

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, ushbu o‘yinlar tashkil qilinishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida 2022-yil 20 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "“Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilingan edi.

Natijada, intellektual o‘yinlarni nafaqat yoshlar, balki aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ushbu o‘yinlarni ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab olish va amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bugungi kunda “Zakovat” bilimlar bellashuvi har bir davlat organi va tashkilotlarida o‘tkazilishi anʼanaviy tus oldi.

Хuddi shunday tadbirlardan biri kuni-kecha 21 fevral kuni "O‘zgaroinspeksiya"ning viloyat boshqarmalarida ham tashkil etildi.

Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, Inspeksiyaning respublika bo‘yicha jami 13 ta tuman bo‘limlari (jamoalari) joriy yilning 28 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar. 

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech