Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Yoshlar OIV infeksiyasiga qarshi" shiori ostida "O‘zagroinspeksiya" markaziy apparatida xodimlar o‘rtasida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, odam immuniteti tanqisligi infeksiyasi tarqalishiga kurash bo‘yicha yoshlar faolligini oshirish, jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart- sharoitlarni yaratib, sportga keng jalb qilishdan iboratdir.
Ayni vaqtda musobaqaning yarim final o‘yinlari davom etmoqda
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati