Ру Ўз O`z En

Inspektsiya faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga qoʼyiladigan talablar boʼyicha oʼquv-seminari oʼtkazildi

17 Fevral 2021 2129

Kuni kecha Inspektsiya boshligʼining birinchi oʼrinbosari huzurida Inspektsiya xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish, Аxborot va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish yuzasidan bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida videokonferentsiya tarzida oʼquv-seminari oʼtkazildi.

 

 

Seminarga Inspektsiya markaziy apparatining tarkibiy tarmoq rahbarlari hamda barcha hududiy boshqarma va tuman boʼlimlarining rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Shuningdek, mazkur oʼquv seminarida, “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasining malakali mutaxassislari Farxad Аbdusalyamov va Ulugʼbek Malikov hamda Toshkent Аxborot Texnologiyalari universitetining katta oʼqituvchisi Oybek Djuraevlar oʼzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan Inspektsiya xodimlari tomonidan axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va axborot xavfsizligi talablariga rioya etish tartibi, Oʼzbekistonda Elektron hukumatning imkoniyatlari va istiqbollari hamda Inspektsiya faoliyatida elektron hukumat tizimini takomillashtirish borasida seminar qatnashchilariga foydali maʼlumotlar yetkazildi.
Bundan tashqari Inspektsiyaning Аxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʼlimi boshligʼi Rahimov Baxodir Tairovich “Inspektsiyaning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish borasida ishlarni toʼgʼri tashkil etish tartibi” mavzusida maʼruza qilib, Inspektsiyaning hududiy boshqarmalarida Аxborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish va mavjud АKT qurilmalaridan oqilona foydalanish boʼyicha zaruriy maʼlumotlarni taqdim etdi.

Text to speech