Ру Ўз O`z En

Markazda xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

1 Avgust 2024 1059

Bugun "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga Germaniya Federativ Respublikasining GIZ xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi dastur boshqaruvchisi Beate Schoreit boshchiligidagi bir qator vakillar tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, Beate Schoreit xonim muassasaning faoliyati, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligini, GMO va xavfsizligini aniqlash jarayonlari, shuningdek, paxta tolasi hamda don va don mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda, o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va tajriba almashish maqsadida, ikki tomon o‘rtasida mutaxassislarni almashinuvi yo‘lga qo‘yish borasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

 

Text to speech