Ру Ўз O`z En

“Yashil makon” umummilliy loyihasida “O‘zagroinspeksiya” xodimlari ham faol ishtirokni boshladi

10 Noyabr 2021 3624

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Shu kunlarda yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa va korxonalar xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Ushbu «Dolzarb 40 kunlik”da Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar. Boshqarma va tuman bo‘limlarining maʼmuriy binolari oldidagi hududlarga manzarali nihol va butalar ekilmoqda.

Bunday saʼy-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, qishloq va shaharlar, mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat.  Inspeksiya xodimlari tomonidan «Dolzarb 40 kunlik”da ming tupdan ortiq ko‘chat ekiladi.

“O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech