Ру Ўз O`z En

Jizzaxda ishlab chiqarilayotgan Paxta yogʼi qoʼshni Respublikalarga eksport qilinmoqda

21 Iyul 2020 3283

Jizzax viloyati Doʼstlik tumanida “Nurli-Don” MChJ 2010 yildan buyon oʼsimlik yogʼi ishlab chiqarish faoliyatini yoʼlga qoʼygan boʼlib, hozirgi kunda ushbu korxonada 250 nafar ishchi xodimlar mehnat qilmoqda.
Korxonaga Rossiya, Germaniya va Xitoy davlatlarida ishlab chiqarilgan uskuna va jihozlar olib kelib oʼrnatilgan va uning bir yillik paxta chigitini qayta ishlash quvvati 60 000 tonna, undan olinadigan paxta yogʼi esa 11 ming 200 tonnani tashkil qilmoqda. Shuningdek, 26 700 tonna shrot va 19 500 tonna paxta sheluxasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish uchun korxonada   1 ta laboratoriya mavjud boʼlib, ushbu laboratoriya Rossiya, Koreya va XXR da ishlab chiqarilgan zamonaviy uskuna va oʼlchov vositalari bilan jihozlangan. 
Ishlab chiqarishga 2012 yildan buyon ISO2020 sifat menedjenti tizimi joriy etilgan. Shuning bilan birga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʼzagroinspektsiya” qoshidagi “Аgrosanoat majmuida xizmat koʼrsatish markazi” Davlat unitar korxonasi bilan tizimli hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan korxonaga keltirilayotgan paxta texnik chigitning sifat koʼrsatkichlari va yogʼdorligini aniqlash maqsadida “Oʼzagroinspektsiya” qoshidagi “Аgrosanoat majmuida xizmat koʼrsatish markazi” DUK bilan 2019 yil sentyabrь oyida tuzilgan shartnoma asosida 25 ming 600 tonna texnik chigit akkreditlangan laboratoriya sinovidan oʼtkazilib, sinov sertifikatlari olingan hamda xom-ashyoning dastlabki sifat koʼrsatkichlariga asosan qayta ishlash texnologiyasi muvofiqlashtirilishi natijasida sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishi taʼminlanmoqda.
Obʼektda shu kunga qadar yetti turdagi oʼsimlik yogʼi ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish yoʼlga qoʼyilgan. Masalan joriy yilda ishlab chiqarilgan 5600 tonna paxta yogʼi toʼliq haridorlarga sotilgan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʼurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4337-sonli qarori bilan ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport qilish imkoniyati yaratib berilishi natijasida 350 tonnasi   2,1 mlrd soʼmlik 1-navli paxta yogʼi Tojikiston Respublikasiga eksport qilingan.

 

Zafar Boʼriev, "Oʼzagroinspektsiya" Jizzax viloyat boshqarmasi
Paxta xom ashyosi, don urugʼlar va ularni qayta ishlashdan olingan
mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori

Text to speech