Joriy yilda o‘tkazilgan dala aprobatsiya ko‘rigida yaroqli deb topilgan 66 ming 235 gektar urug‘lik g‘alla maydonlaridan kuzgi yumshoq bug‘doyning 65 ta seleksion navidan 211,4 ming tonna urug‘lik don qabul qilingan.
Jamg‘arilgan urug‘liklarning 1,5 ming tonnasi 2 yil ko‘paytirish ko‘chatzori, 25,3 ming tonnasi Original, 114,9 ming tonnasi Elita va 69,7 ming tonnasini R-I avlodli urug‘liklar tashkil qilgan.
Ushbu urug‘liklar 114 ta urug‘chilik subyektlari (Don korxona, klaster, Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli urug‘lik sexlari, EUX, ITI va boshqalar) ga qarashli 120 ta ombor hamda maskanlariga nav va avlodlar bo‘yicha alohida 735 ta to‘da (partiya)larga jamg‘arilgan.
Jumladan, «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi 25 ta don korxonalarining 41 ta shoxobchalarida 105,6 ming tonna, urug‘chilikka ixtisoslashgan 21 ta klaster hamda xususiy urug‘chilik korxonalarida 34,2 ming tonna, Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli 18 ta urug‘lik sexlarida 64,1 ming tonna, 22 ta Elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 5,7 ming tonna va 9 ta Ilmiy tadqiqot muassasalarida 1,7 ming tonna avlodli urug‘liklar jamg‘arilgan.
Ushbu jamg‘arilgan urug‘liklarni hozirda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlarining urug‘chilikni nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan sifatli saqlanishi nazoratga olingan.
Sh.Jumanov, Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi