Ру Ўз O`z En

KARTOSНKACНILIKKA IXTISOSLASНGAN HUDUDLARDA QANDAY ISНLAR AMALGA OSНIRILMOQDA?

15 Iyun 2020 2318

Prezidentining 2020 yil 6 maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4704-sonli qaroriga binoan, joriy yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarini iste’mol va urug‘lik kartoshka jumladan, uning super elita, elita avlodlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan tumanlariga aylantirish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan  ushbu tumanlarda 2020 yil hosili uchun qo‘shimcha ravishda  5 ming 100 gektar maydonda takroriy ekin sifatida kartoshka ekish rejalashtirildi. Xususan, Kitob tumanida g‘alladan bo‘shaydigan 1 ming 200 gektar maydonga kartoshka yetishtirish belgilab olindi.  Eng muhimi, ushbu tumanda kartoshkachilikning hadisini olgan, takroriy ekin sifatida kartoshka ekib, boshqa ekinlardan ko‘ra, 4-5 barobar yuqori daromad oladigan dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

 Kitob tumanidagi “Chilziynati” fermer xo‘jaligi rahbari Azamat Umarov ana shunday dehqonlar sirasiga kiradi. Fermer har yili g‘alladan bo‘shagan 3-4 gektar maydonga kartoshka ekib, gektaridan 30-35 tonnagacha hosil ko‘tarmoqda. Qolaversa, oktabr oyi oxirida  kartoshka hosilini yig‘ishtirib olgach o‘rniga o‘z vaqtida yana g‘alla ekib yuqori daromad olib kelmoqda. Ferma rahbari yerni tilini tushinadigan va dehqonchilik sirlarini yaxshi biladigan dehqonlardan hisoblanadi.

Bugungi kunda, viloyatning ixtisoslashgan tumanlarida takroriy ekin sifatida kartoshka ekish ishlariga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi va Kitob tumani bo‘limi hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK viloyat filiali mutaxassislari tomonidan fermerlar o‘rtasida yuqoridagi Qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, kartoshka yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga berilayotgan imtiyozlar va qulayliklar borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Huddi shuningdek, “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat va tuman inspektorlari tomonidan aholini arzon kartoshka mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, belgilangan tarzda sifat ko‘rigidan o‘tkazilgan hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan, xorijiy va mahalliy urug‘liklar ekilishi,  urug‘lik kartoshkalarning sifati, uning qanday saqlanayotganligi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan urug‘liklarni ekilish va kafolatli urug‘lik yetkazilishi bo‘yicha nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ta’minotchi korxonalarning muvofiqlik sertifikatlarini o‘z vaqtida olishlari uchun inspektorlar tomonidan amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Kartoshkachilik bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga urug‘lik va iste’mol uchun kartoshka yetishtirish, undan maqsadli va oqilona foydalanish, mahsulotning sifatli saqlanishini ta’minlash hamda nobud bo‘lishining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi puxta o‘ylangan va uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar aholiga uzluksiz, arzon narxlarda kartoshka yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

“O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

Text to speech