Xalqimiz orasida “Ish quroling soz boʼlsa, mashaqqating oz boʼlar” degan hikmat bejizga aytilmagan. Аyni kunlarda dalalardagi ishlarni yakuniga yetkazayotgan dehqonu fermerlar kelgusi yil tayyorgarligini boshlab yuborganlar. Joylarda bahorgi mavsumda ishtirok etadigan texnika vositalarini taʼmirlash ishlari boshlandi.
Seminardan lavha
Namangan viloyatida 2021 yil bahorgi dala ishlarini oʼz vaqtida va optimal muddatlarda oʼtkazilishini taʼminlash yuzasidan mavsumda ishtirok etadigan qishloq xoʼjalik mashinalari Inspektsiya xodimlari tomonidan hatlovdan oʼtkazilib, jami 8224 ta turli xildagi qishloq xoʼjalik texnikalari, jumladan 1413 ta chopiq traktorlari, 1340 ta kulьtivatorlar, 618 ta chigit ekish seyalkalari, 3155 ta tishli boronalar, 481 ta chizellar, 439 ta pushta olgichlar, 229 ta yer tekislagichlar, 348 ta purkagichlari va 201 ta oʼq ariq olgichlarni roʼyxati shakllantirildi.
Tuman hokimliklari va boshqa aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda texnikalarni taʼmirga tortish maskanlari dislokatsiyasi shakllantirildi. Texnikalarni tumanlardagi 23 ta taʼmirlash maskanlariga yigʼish chora-tadbirlari koʼrildi.
Texnikalarni taʼmirlanishi va ularni mavsum ishlariga qabul qilib olishda Inspektsiya xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar yuzasidan joriy yilning 13 noyabrь kuni Chortoq tuman “Аgroservis MTP” MChJda Inspektsiyaning Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish inspektorlari ishtirokida oʼquv amaliy seminari oʼtkazildi.
Unda texnikalarni taʼmirlash jarayonida nazorat ishlarini olib borish, taʼmirlash sifatiga alohida eʼtibor qaratish hamda taʼmirdan chiqqan texnikalarni qabul qilib olish yuzasidan hujjatlarni yuritilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminardan lavha
Shu bilan birga sohadagi uzoq vaqtdan buyon faoliyat olib borayotgan inspektorlar, fahriy muhandislar yosh inspektorlarga texnikalarni mavsum ishlariga qabul qilish, taʼmirlash sifatini tekshirish yuzasidan oʼz tavsiyalarini berdilar va hayotiy tajribalari bilan oʼrtoqlashdilar.
Shuningdek, oʼquv amaliy seminar ishtirokchilariga xizmat faoliyatida foydalanish uchun Inspektsiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan bir qator tavsiyalarni oʼz ichiga olgan qoʼllanma va boshqa materiallar tarqatildi.
Umarxon Yunusov, "Oʼzagroinspektsiya" Namangan viloyat boshqarmasi texnika va agrotexnika tadbirlari holati ustidan nazorat boʼlimi bosh inspektori