Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish bo‘yicha 2024-yil yakunlari va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari va g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va hududiy Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, “Agroinspeksiya”, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DM, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi”, sohaga aloqador boshqa davlat tashkilotlar va elita urug‘chilik xo‘jaliklari va urug‘chilikka ixtisoslashgan klaster korxonalari rahbarlari hamda mutaxassislaridan iborat 190 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Dastlab seminar ishtirokchilari Qarshi tumanida joylashgan “Abul Muʼiyn an-Nasafiy” ziyoratgohida bo‘ldilar, yurtimiz tinchligi, qishloq xo‘jaligida mo‘l-ko‘l va barakali hosil so‘rab duolar qilindi.
Shundan so‘ng, Janubiy dehqonchilik Ilmiy–tadqiqot institutining urug‘lik g‘alla tajriba maydonida yangi istiqbolli navlari bilan tanishildi.
Keyingi manzil, “Indorama Agro” MCHJ xorijiy korxonasining Kasbi tumanidagi parvarishlanyotgan urug‘lik g‘alla maydoni va urug‘lik don qabul qilish shaxobchasida omborlarning mavsumga tayyorgarligi va urug‘lik qayta ishlash sehining ishchi mexanizmlari bilan tanishishdi.
Seminarda "O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligi ekinlari, urug‘lari yetishtirilishi nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonboyev so‘zga chiqib, -urug‘lik g‘alla maydonlarini belgilangan tartibda dala aprobatsiya ko‘rigidan o‘tkazilishi, urug‘lik g‘alla maydonlarini o‘rib olish uchun alohida kombaynlar va tashish texnikalarini ajratish, jamg‘arilgan urug‘lik donni o‘z vaqtida sifatli qabul qilish, qayta ishlash va saqlashni tashkil etish jarayonlarida doimiy nazorat olib borilishi to‘g‘risidagi tegishli tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Seminar yakunida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha barcha masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.