Soha faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, "O‘zagroinspeksiya"ga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ayniqsa qishloq xo‘jalik texnikalarini mavsumga tayyorlash, don o‘rish kombaynlarining g‘alla o‘rim mavsumiga tayyorgarligi Inspeksiyaning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan kunlik nazorat qilib borilmoqda.
Joriy yil hosili uchun tumanda jami 3 700 gektar maydonga kuzgi bug‘doy ekilgan bo‘lib, shundan 7 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 173 gektar maydonga urug‘lik g‘alla ekildi. Bugungi kunda g‘allaning rivojlanish fazasi jami 3700 gektar maydonlarda to‘liq boshoqlash davriga o‘tdi.
Tumanda 2024 yil g‘alla o‘rimini qisqa fursatlarda o‘tkazish uchun jami 13 ta don o‘rish kombaynlari talab etilib, hozirgi kunda rejalashtirilgan 13 ta kombaynlar to‘liq taʼmirlash maskaniga yig‘ilgan hamda taʼmirlash ishlari yakunlanib, mavsumga shay holatga keltirilgan.
Kelgusida qishloq xo‘jalik texniklarining texnik holatiga masʼul bo‘lgan tashkilotlar xodimlari ishtirokida komissiya tuzilib, taʼmirlash maskaniga yig‘ilgan va to‘liq taʼmirdan chiqarilgan kombaynlarni 1 km masofaga to‘liq ishchi holatida harakatlantirgan holda maxsus sinovdan o‘tkaziladi hamda mavsumga yaroqli deb topilgan texnika vositalariga sertifikat taqdim etiladi.
Tumanda qishloq xo‘jalik texnikalarini nazorat qilish borasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 72 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan masʼullarga nisbatan 14 ta ogohnoma, 68 ta ko‘rsatmalar kiritilishi taʼminlandi.
Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligidagi agrotexnik tadbirlar va texnikalardan foydalanish ishlari doimiy nazorat qilib borilmoqda.
"O‘zagroinspeksiya"ning Qo‘sho‘kpir tuman bo‘limi