“Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksga qo'shimcha kiritilishi mumkin.
Bu boradagi tegishli qonun loyihasi muhokamaga e'lon qilindi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, “Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksning 139 moddasini quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to'ldirish ko'zda tutilgan.
Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo'jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o'tmagan texnikalarni etkazib berish va foydalanish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Qayd etilishicha, 2021-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno.
Qonun loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 20-sentyabriga qadar davom etadi.