2023-2024- yilda xodimlarning to‘liq madaniy hordiq olishlari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilib, reja-grafik asosida faoliyat olib borilmoqda.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Davlat rahbarining "Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-222-sonli qarori asosan mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, shu qatorda milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini asrab-avaylash, keng targ‘ib etish va kelgusi avlod uchun nomoddiy madaniy meros sifatida yetkazish doirasida zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Mazkur chora-tadbirlar natijasi o‘laroq, Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini munosib o‘tkazish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligining tegishli bayonnomasiga asosan, tizimidagi 30 nafardan ziyod xodimlar oila aʼzolari bilan birgalikda Milliy akademik drama teatrida bo‘lishib, “Ko‘ngil” nomli komedik spektakl namoyishida ishtirok etishdi. Musiqali komediya yo‘nalishidagi sahna ko‘rinishi barchaga birdek maʼqul kelib, tomoshabinlarda kayfiyat yuqori bo‘ldi . Inspeksiya tizimida bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etadi.
"O‘zagroinspeksiya" axborot xizmati