Ру Ўз O`z En

Mirzachoʼl tumanida paxta terimini mexanizatsiyalash darajasi oshib bormoqda

23 Sentyabr 2020 2110

Joriy yilda Mirzachoʼl tumanida jami 11 ming 500 gektar maydondan 32240 tonna paxta xom-ashyosi yigʼib-terib olinishi moʼljallangan. 2020 yil oʼtgan yillarga nisbatan bir muncha murakkab kelganligi sababli vaziyat yetishtirilgan hosilni paxta terish mashinalarida yigʼishtirib olishni koʼpaytirishni taqozo qilmoqda.

Shu sabab, mazkur yilda paxtaning asosiy qismini zamonaviy mashinalar yordamida terish koʼzda tutilgan. Bugungi kunda tumandagi mavjud jami 20 dona, shundan “TTZ SE 220” rusumli 5 dona va “MX-1.8” rusumli 15 dona paxta terish mashinalariga qoʼshimcha yana 20 dona “TTZ SE 220” rusumli mashinalar xarid qilinib, mavsumga safarbar etildi.

Mavsumni uyushqoqlik bilan oʼtkazilishi taʼminlash maqsadida har bir paxta terish mashinalari mavsum oldi texnik koʼrikdan oʼtkazilib, yangi xarid qilinganlarini oʼrnatilgan tartibda davlat roʼyxatiga olish va plastik shakldagi texnik pasport va davlat raqam belgilari berish ishlari olib borilmoqda.

Mavsumda har bir “TTZ SE 220” rusumli mashinalar yordamida oʼrtacha 20 tonnadan va “MX-1.8” rusumli mashinalar yordamida 8 tonnadan paxta hosilini terib olish rejalashtirildi. Mazkur paxta terish mashinlari mavsumga jalb etiladigan ikki mingdan ziyod hasharchi-terimchilarni oʼrnini bosa oladi. Bu esa hozirgi pandemiya sharoitida kasallikning tarqalishi oldini olish, terimchilar uchun sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tejalishi hamda yotoq joy, transport va boshqa xarajatlarining iqtisod qilinishga olib keladi.

Shu kecha-kunduzda paxta maydonlariga chiqarilgan yuqori unumli mashinalar yordamida bir kunda oʼrtacha 15 tonna paxta terib, davlat xirmonini yuksaltirish boshlangan. Jumladan, tumandagi Toshkent FXHU hududida joylashgan Аzamat Xolbaev rahbarligidagi “Аrman Аbzal” fermer xoʼjaligiga qarashli paxta maydonida ham shu texnikalar imkoniyatidan foydalanilmoqda. Xoʼjalikka tegishli 120 gektarlik paxta maydonida “TTZ SE 220” rusumli paxta terish mashinalari yordamida terib olinayapti. Mavsumga esa endi start berildi. Hech shubhasiz, ushbu texnikalarning qudrati yaqin kunlarda koʼzga tashlana boshlaydi.

Sanjar Norqulov, Otabek Yunusov, Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish shoʼʼbasi inspektorlari

Text to speech