Ру Ўз O`z En

Navoiy: Chigit ekish ishlariga tayyorgarlik nazoratda

8 Aprel 2024 1407

Joriy yilda Navoiy viloyatida 847 nafar fermer xo‘jaliklari tomonidan   28 ming 155 gektar yer maydonlariga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zgidromet agentligining maʼlumotlariga ko‘ra, viloyatda bahor oylari chigit ekish va bir tekis nihol undirib olish uchun qulay kelishi prognoz qilinmoqda.

Bunday paytlarda klaster va fermerlar chigit ekish ishlariga o‘ta masʼuliyat bilan yondashishlari, omilkorlik bilan ish ko‘rishlari, olim mutaxassislarning tavsiyalari hamda ilg‘or tajribalarga tayangan holda ishlarni tashkil qilishlari lozim bo‘ladi.

Hududlarda, tuproq iqlim sharoitidan hamda tuproqning 0-10 sm chuqurlikdagi o‘rtacha harorati inobatga olib, tukli chigitlarni ekish uchun o‘rtacha 12 gradus, tuksizlantirilgan chigit ekish uchun 14 gradus bo‘lganda ekish ishlari amalga oshirish maqbul hisoblanadi.  

Xususan, tumanlarda 2024-yil hosili uchun bir kunda 2 ming 116 gektar, mavsumda 21 435 gektar maydonlarda yer tayyorlanib, bugungi kunga qadar 20 ming 138 gektar maydonlarda chigit ekish ishlari amalga oshirildi hamda ishlar “O‘zagroinspeksiyaning viloyat va tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, ekish oldi beriladigan mineral o‘g‘itlar zaxirasining yaratilishi tuman bo‘limlari tomonidan klasterlar korxonalarida o‘rganilib yillik meʼyori talab etiladigan fosforli 6 ming 601 tonna va kaliyli 2 948 tonna o‘g‘itlar zaxirasi yaratilishi taʼminlandi. 

Bundan tashqari, chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida, viloyatda 602 dona chopiq traktori, 602 dona kultivator, 179 dona yuqori unumli chigit ekish seyalkalari,  92 dona purkagichlar, 118 dona mineral o‘g‘it sepkichlar taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgani “O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limlari tomonidan to‘liq o‘rganib chiqilib, ularga maxsus sertifikatlar berildi.

Viloyatda chigit ekishga yer tayyorlash, chigit ekish hamda chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni bajarilishi mavsum davomida “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazoratga olinib fermer xo‘jaliklari rahbarlariga kerakli tavsiya va tushunchalar berib borilmoqda.

B.To‘ychiyev, Inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi

Text to speech