Seminarda viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etib, 2024-yil hosili uchun paxta yetishtirib beruvchi subyektlarni ertapishar, ser hosil, navdorligi yuqori, genetik jihatdan sof, kasallik va zarakunadalarga chidamli, istiqbolli hamda yangi g‘o‘za navlarining sifatli urug‘lik chigiti bilan yetarli darajada taʼminlash maqsadida viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM viloyat boshqarmasiga, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi viloyat boshqarmasiga, paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Navoiy ilmiy tajriba stansiyasiga hamda «Agroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasiga aprobatsiya jarayonini nazorat qilish bo‘yicha qator vazifalar berildi.
Bunda, urug‘lik paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi 2023-yilda tanlovdan o‘tgan qishloq xo‘jaligi subyektlarining g‘o‘za navlari bo‘yicha Davlat standarti talablariga javob beradigan maydonlarda o‘tkazish, aprobatsiya boshlangunga qadar 3 kun muddatda urug‘chilik xo‘jaliklarida elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik chigiti ekilgan maydonlarda dala ko‘riklari o‘tkazish, navga xos bo‘lmagan notipik, begona o‘simlik tuplaridan tozalash ishlarini yakunlash, urug‘lik paxta terish, quritish, qabul qilish, saqlash va hujjatlashtirish ishlarini tashkillashtirish to‘g‘risida topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda agroinspeksiyaning viloyat boshqarma mutaxassisi so‘zga chiqib, ko‘rgazmali seminarda ishtirok etuvchi aprobatsiya ishchi guruh aʼzolariga, paxta to‘qimachilik klaster va paxta tozalash korxonalari hamda fermer xo‘jalik rahbarlariga, urug‘lik paxta yetishtirish uchun ekilgan maydonlarda aprobatsiyadan o‘tkazish ishlarini O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-521-sonli Qonunining 19-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 641-sonli qaror talablari asosida hamda urug‘chilik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga asosan amalga oshirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.