Ру Ўз O`z En

MUROJAATLAR BILAN ISHLASH

4 Yanvar 2025 171

“Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi  boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar,  takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart”.

Ushbu huquqiy norma Konstitutsiyamizning 40-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya Jizzax viloyati boshqarmasida  ana shu konstitutsiyaviy talablar doirasida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi izchil faoliyat ko‘rsatmoqda.

So‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqi konstitutsiya darajasida belgilangan bo‘lib, har bir shaxsning ushbu konstitutsiyaviy huquqni so‘zsiz amalga oshirishi uchun so‘ngi yillarda  zarur sharoitlar va huquqiy mexanizmlar yaratildi.

Shuningdek, «O‘zagroinspeksiya»ning Jizzax viloyati boshqarmasiga 2024 yilning 12 oyida jami 65 ta murojaat kelib tushgan. Yaʼni, 2023- yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni 58 taga ko‘paygan.

Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolarning yerga oid munosabatlarda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlaridan norozilik tarzidagi shikoyatlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bunday holat oldingi yillarda ham kuzatilgan.

Murojaat qilish huquqi insonning va fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklaridan biri va shuning uchun uni amalga oshirishni taʼminlash davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining birinchi darajali vazifasi hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, «O‘zagroinspeksiya»ning Jizzax viloyati boshqarmasi jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari murojaatlarini ko‘rib chiqishda o‘z vakolati doirasida manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda samarali ish olib bormoqda.

 

Abdurashidov Abdulla Abdusalom o‘g‘li,

«O‘zagroinspeksiya»ning Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot tahlil, ijro intizomi, maʼmuriy amaliyot va murojaatlar bilan ishlash sho‘basi

bosh mutaxassisi

Text to speech