Joriy yilning 24-aprel kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Agroinspeksiyaga dala cheti bo‘yicha kunlik ma’lumot berasan, deb topshiriq bo‘lmoqda.” mazmundagi xabarga “O‘zagroinspeksiya”ning Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy munosabati.https://t.me/qalqon_ortida/3508
“O‘zagroinspeksiya”ning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-son qarori talablari asosida Inspeksiya vakolati doirasida Andijon viloyatidagi 4 ming 167 ta yerdan foydalanuvchi subyektlarning 2 ming 159 gektar dala cheti yer maydonlariga sifatli ko‘chat va hosildor urug‘liklar ekish bo‘yicha ogohlantirish xatlari, shuningdek, urug‘liklar va ko‘chatlarni yetishtiruvchi va yetkazib beruvchi 22 nafar subyektlarga sifatli ko‘chat va hosildor urug‘liklarni realizatsiya qilinishi to‘g‘risida “Ogohlantirish” xatlari kiritildi.
Bulardan tashqari, dala chetiga ekin ekilishiga kirishmagan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik subyektlari bo‘yicha mahalliy hokimliklar hamda sohaga mas’ul tashkilotlarga 24 ta taqdimnomalar kiritildi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Inspeksiya PQ-465-son qaror talablarini bajarishda vakolati doirasida faoliyatini amalga oshirayotganligi ma’lum qilinadi.