Ру Ўз O`z En

O‘lchov vositalarining davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmagani ortidan mansabdor shaxslarga maʼmuriy javobgarlik belgilanadi

21 Aprel 2021 2372

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda mineral o‘g‘itlarning muhim o‘rni bor. Agrokimyo xizmati to‘g‘ri tashkil etilsa, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni tavsiyanomalar asosida qo‘llash natijasida yetishtiriladigan hosilning 50 foizi o‘g‘itlar hisobiga shakllanishi va tuproq unumdorligi ortishi ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ishlab chiqarishda o‘z isbotini topgan.

Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya bo‘limi tomonidan "Qoraqalpoq Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining barcha tuman filiallarida O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunlari va sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan tekshiruv nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur nazorat tadbirlari davomida “Qoraqalpoq agrokimyoximoyaAJ va uning tuman filiallari tomonidan fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari hamda aholiga sifatli va kafolatli agrokimyo xizmatlarini ko‘rsatish, shartnomalarga muvofiq qishloq xo‘jaligiga sertifikatlangan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar yetkazib berilishi, mineral o‘g‘itlar hamda kimyoviy preparatlarning meʼyoriy hujjatlar talablari asosida sifatli saqlanishi va tekshiruv dasturida ko‘rsatilgan boshqa masalalar o‘rganildi.

Bundan tashqari “Qoraqalpoq agrokimyoximoyaAJning tuman filiallari tomonidan fermerlar va dehqon xo‘jaliklari, boshqa tashkilotlar hamda aholiga mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlar tarqatishda o‘lchov vositalarning belgilangan tartibda davlat qiyoslovidan o‘tkazilishi o‘rganilganda, agrokimyoximoyaning ayrim tuman filiallaridagi o‘lchov tarozilari va boshqa turdagi o‘lchov vositalari belgilangan muddatlarida davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmagan holda foydalanilib kelingan holatlari kuzatildi va natijada ushbu holatlar yuzasidan Agroinspeksiya vakolati doirasida to‘qqiz nafar mansabdor shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun materiallar belgilangan tartibda sudlarga kiritildi.

 

Qoziyev Akbar Saparbayevich, Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Meʼyoriy hujjatlar ijrosini nazorat qilish, sertifikatlash va metrologiya  bo‘limi bosh inspektori

Text to speech