Umumiy yig‘ilishda kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-2025 yillar davomida bajargan ishlari yuzasidan hisoboti va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilishda Viloyat boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Ubaydullayev Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi hisobchisi H.Safarov qatnashdilar. Yig‘ilishda kasaba uyushmasi tashkilotining ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Ochiq ovoz berish natijalariga ko‘ra ko‘rsatilgan nomzodlar ichidan amaldagi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Yusupov Ulug‘bek Usmonovich qo‘mita raisligiga saylandi. Shuningdek, 4 nafar kasaba uyushma aʼzolari saylanib, o‘z dublyorlarini tanladilar.
Kasaba uyushma tashkilotining taftish komissiyasi raisi va aʼzolari hamda tuman Kengashi Konferensiyasiga bir nafar delegat ham saylab olindi.