Ру Ўз O`z En

Oqdaryo tumanida narx-navo barqaror bo‘ladi

24 Noyabr 2021 1496

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan  g‘alladan bo‘shagan maydonga ekilgan takroriy ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirilishi yuzasidan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi yuzasidan monitoring tadbirlari olib borildi.

Natijada 250 gektar maydonga ekilgan kartoshkaning har gektaridan o‘rtacha 25-30 tonna hosil yig‘ishtirib olindi.

Jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan kartoshka mahsulotlarining kuz-qish mavsumida zaxirasini shakllantirish bo‘yicha 1534 tonna rejalashtirilgan.

O‘tkazilgan monitoring tadbirlariga ko‘ra, “Oqdaryo Butonash Taraqqiyoti” fermer xo‘jaligi omborxonasida 20 tonna, “Oqdaryo Elita Tortuvli” fermer xo‘jaligi tomonidan 20 tonna, “Xumo-1” fermer xo‘jaligida 30 tonna, “Bahrom bobo” fermer xo‘jaligigi tomonidan 25 tonna, “Bobur Baxtiyor sabzavotlari” fermer xo‘jaligida 10 tonna, “Fathullo Butonash Taraqqiyoti” fermer xo‘jaligi omborxonasida 20 tonna kartoshka mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi.

Mazkur turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari qishloq xo‘jaligi yarmarkalari orqali aholiga arzon narxlarda yetkazib berilishi mo‘ljallanmoqda.

Mamurxon Po‘latov, Agroinspeksiyaning Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i

Text to speech