Аyni damda Urugʼlik gʼalla ekiladigan maydonlar talab etiladigan urugʼlik don bilan taʼminlanishi, urugʼlik gʼallani ekilishi, ekilgan gʼalla maydonlarida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarni bajarilishi, urugʼlik donning sifat meʼyori asosida qabul qilinishi, ularning sifatli saqlanishi, don korxonalariga tashilishi, qayta ishlanishi va qayta ishlangan mahsulotlardan maqsadli foydalanilishi kabi holatlar Inspektsiyaning tuman boʼlimi tomonidan nazoratga olingan.
Xususan, Oqoltin tumanida 2021 yil hosili uchun jami 14 ming gektar maydonga 3 500 tonna sara urugʼlik don ekilishi rejalashtirildi.
Tuman hududida faoliyat olib borayotgan qishloq hoʼjaligi klasterlari hamda fermer xoʼjaliklariga qoʼshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida ekish uchun talab etiladigan urugʼlik don “Bobur” urugʼlik don tarqatish shaxobchasiga olib kelinib zaxira yaratilmoqda. Bugungi kun holatiga “Bobur” don tarqatish shaxobchasiga jami 658 920 kg (shundan 435.740 kg Kroshka navli, R-1 avlodli, 96 780 kg Аntonina navli, R-1 avlodli, 126 400 kg Yuka navli, R-1 avlodli,) urugʼlik don zaxirasi yaratilgan.
Shaxobchaga keltirilgan urugʼlik donni navlar boʼyicha qabul qilinishi, texnik shartlar hamda saqlash tartib qoidalariga koʼra, ratsional joylashtirilishi, miqdori va sifatinining standart koʼrsatgichlariga asosan saqlanishi, xoʼjaliklarga oʼz vaqtida kechiktirmasdan, amaldagi hujjatlarga asosan realizatsiya qilinishi, ortish va tushirish ishlarini sifatli bajarilishi, birlamchi hujjatlarning hamda hisobotlarni toʼgʼri yuritilishini tuman hokimligi hamda inspektsiyaning tuman boʼlimi xodimlari bilan nazorat qilinayotgani barobarida, tegishli tavsiya va amaliy yordamlar ham berib borilmoqda.
B. Mamatraimov, “Oʼzagroinspektsiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi