Ру Ўз O`z En

Qorovulbozor: texnika va mexanizmlar, mavsum oldi qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda

22 Aprel 2024 937

Ayni paytda viloyat miqyosida paxtachilik va to‘qimachilik klasterlari tasarrufidagi texnika parklari tomonidan chigit ekish mavsumi oldidan jami 300 taga yaqin ekishgich, shuningdek, mavjud 2 mingtadan oshiq haydov va chopiq traktori, 400 tadan oshiq kultivator, 477 ta chizel, 12 ming 200 tadan ortiq borona mexanizmlarini qayta texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lib, shu kecha-kunduzda fermer xo‘jaliklari va dehqon mirishkorlar “qanoti” sifatida bu texnika va transport vositalaridan tig‘iz mavsumda unumli foydalanilmoqda.

Viloyat qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yetakchi va ko‘p tarmoqli masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “Merganteks”, “Parvoz Humo Ravnaq Trans”, “Bahor Chanse Textile”, “Buxoro Zarhal teks”, “WBM Romitex”, “BCT Cluster Agrocompleks”, “Buxoro Agrocluster”, “ARK Yeco textile”, “Agrocluster R-tex Qorako‘l”, “Yakkatut g‘allachilik va urug‘chilik agroklasteri” kabi taʼminotchi–buyurtmachi subyektlarning bu jarayondagi o‘rni va xizmati katta bo‘lmoqda.

Birgina Qorovulbozor tumanida serhosil mahalliy navga mansub paxta yetishtirishga ixtisoslashgan 140 tadan ortiq fermer xo‘jaligi ayni kunda “Buxoro Agrocluster” va “ARK Yeco textile” MCHJ lari bilan hosil yetkazib berishga doir yaqin hamkorlik o‘rnatgan. Shu boisdan, erta bahor chigit ekish oldidan buyurtmachi klasterlarning “Navbahor” MFY dagi texnika parklarida ham texnika va mexanizmlar peshma-pesh taʼmirlanib, daladagi agrotexnik tadbirlarga jalb qilingan.

— Bahorgi qizg‘in palla — chigit ekish mavsumi uchun cho‘lquvarlar tumanida jami 76 ta chopiq va haydov traktori, рuddi shuncha kultivatsiya, 36 ta chigit ekadigan, 39 ta pushta oladigan mexanizm, 186 ta tishli borona, shuningdek, 11 ta “OVX” rusumli purkagich texnik shay qilinib, nuqson va nosozliklari bartaraf etilgani holda taʼmirlangan,—deydi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Anvar Jamolov.

— Shu bilan birga, ayni kunda Navbahor hududidagi sobiq “Qorovulbozor paxta tozalash zavodi”da joylashgan “ARK Yeco textile” MCHJ bazasida 6 ta yuqori unumli “CASE-2366” va “CASE-4088” rusumli kombayn va boshqa mexanizmlar taʼmiri boshlangan. Kombaynlardagi ehtiyot qismlari — donni elash setkasi, avtoshinalari, akkumlyatorlari, radiator-sovutish tizimi, o‘rim tig‘i-pichoqlari yangisiga almashtirilmoqda. Bu yerda mexanik mutaxassislar bilan birga payvandlovchi, chilangar, temirchi, mexanizatorlardan iborat texnik jamoa kombaynlar va ularga zarur mexanizmlarni tez va sifatli taʼmirlash ustida ishlarni boshlab yubordi.

Text to speech