Turkiya Respublikasining poytaxti Anqara shahrida 24-30 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi belgilangan dasturga ko‘ra, Turkiya Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlari Urug‘chilik assotsiatsiyasi (ECOSA), Urug‘chilik sanoati va ishlab chiqaruvchilar Uyushmasi (TSÜAB), Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi Vazirligi O‘simliklar yetishtirish Bosh Boshqarmasi (BÜGEM), Turizm va madaniyat vazirligi huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) hamda Urug‘chilik Reyestr va Sertifikatlashtirish Markazi (TTSM) rahbariyati o‘rtasida rasmiy uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, kuni-kecha, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Tashqi aloqalar va hamkorlik departamenti boshlig‘i Ug‘ur Tanelli va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i Mustafa Uzlar bilan Turkiya tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazini ochish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Bunda, Turkiya tomoni bilan joriy yil sentyabr oyida “O‘zagroinspeksiya”ning Markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga rasmiy tashrif bilan kelishi hamda yil yakuniga qadar O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, "O‘zagroinspeksiya"ning vakillaridan iborat delegatsiya, jumladan, - “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM direktori - J. Karimov, DMning “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va xavfsizligini aniqlash markaziy laboratoriyasi” boshlig‘i U. Hasanovlar hamda “Türk Akreditasyon Kurumu” (TÜRKAK) xalqaro akkreditatsiya tashkiloti rahbariyatidan Korshat O
ZDEMIR va Mahmut KOSEOG
LUlar o‘rtasida rasmiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, urug‘chilik laboratoriyasini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishildi va o‘zaro shartnomalar imzolandi.
"O‘zagroinspeksiya" vakillaridan iborat delegatsiya uchrashuvlari davom etadi. Tadbir tafsilotlari bilan Inspeksiyaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali tanishib boring.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati