Ру Ўз O`z En

Paxta qabul qilish maskanlaridagi 107 ta nizoli holatlar adolatli hal etildi

12 Oktyabr 2021 1591

2021 - yilda 72 ming 557 gektar maydonga urug‘ qadagan Sirdaryolik paxtakorlar mavsumda jami 232 ming 200 tonna sifatli paxta xom-ashyosini yig‘ishtirib olishni niyat qilingan.

Viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan 9 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tasarrufidagi 19 ta paxta qabul qilish maskanlari mavsumga sifatli tayyorlanib, dehqonlarimiz tomonidan terilgan paxta xom-ashyosidan xirmonlar barpo etishmoqda.

2021-yilda yetishtirilgan paxta hosilini Paxta qabul qilish maskanlariga topshirishda yuzaga keladigan nizoli holatlarni adolatli hal etish yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 30 avgustdagi “Joriy yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar to‘g‘risida”gi 153-sonli yig‘ilish bayonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, paxta qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda paxta xom-ashyosini qabul qilishda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn o‘rtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning qo‘llanilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish hamda taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarning oldini olish maqsadida hududlarda malakali mutaxassislar jalb qilingan holda 9 ta “Arbitraj” guruhlari tashkil etildi.

Mavsum boshidan buyon joriy yilining 12 oktyabr holatiga tayyorlov maskanlarida qabul qilinayotgan paxta xom-ashyosining namligi va iflosligini aniqlash yuzasidan “Arbitraj” guruhlariga 107 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar adolatli va shaffoflik tarzda ko‘rib chiqilib 79 ta (74%) holatda fermer xo‘jaliklari foydasiga, 28 ta (26%) holatda tayyorlov korxonalari foydasiga hal etilgan.

Jumladan, Guliston tumanida 20 ta, Boyovutda 7 ta, Xovosda 16 ta, Oqoltinda 10 ta, Sardobada 14 ta, Sayxunobodda 15 ta va Sirdaryo 25 ta nizoli holatlar barchasi o‘z yechimini topdi.

Tadbirkorlik subyektlarining har bir murojaatlariga asosan “Arbitraj” guruhlari tomonidan nizoli holatlarni hal etish natijalari bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirib borilmoqda deydi “O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi bosh inspektori Umarali Sirojidinov.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan fermer xo‘jaliklari, paxta to‘qimachilik klasterlarida yetishtirilgan paxta xom-ashyosini yuqori navlarga topshirish orqali qo‘shimcha daromad manbaini yaratish hamda paxta xom-ashyosini sifatli qabul qilib va uni qayta ishlash orqali raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish mumkinligi yuzasidan tushuntirishlar va kerakli tavsiyalar berib borilmoqda.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Text to speech