2019-2020 paxta hosilida dunyo boʼyicha 25,923 mln tonna paxta yetishtirilgan boʼlsa, Аmerika Qoʼshma Shtatlari paxta yetishtirish boʼyicha dunyoda Hindiston va Xitoydan keyin 3-oʼrinni egallagan. Xalqaro paxta maslahat qoʼmitasining maʼlumotiga koʼra u ushbu davrda 4,377 mln tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgan.
Dunyoda ishlab chiqarilgan tolaning 9,41 mln tonnasi eksport qilingan boʼlsa, uning 38,2 foizi yoki 3,592 mln tonnasi АQSh tomonidan eksport qilingan va paxta eksporti boʼyicha dunyoda birinchi oʼrinni egallagan. Shuningdek АQShda ishlab chiqarilgan tolaning 82 foizi eksport qilingan. Ushbu davrda АQShda 734 mln tonna paxta tolasi qayta ishlangan. Shunday ekan rivojlangan davlatning paxta tolasi ishlab chiqarishdagi tajribasini oʼrganish katta ahamiyatga ega.
Paxta asosan АQSh ning janubiy shatatlarida yetishtiriladi
АQShda paxta xom-ashyosi sotilmaydi, shu sababli paxta xom-ashyosi uchun standartlar mavjud emas. Paxta xom-ashyosi kooperativlarga, kompaniyalarga qarashli yoki xususiy paxta tozalash korxonalarida tegirmon sifatida qayta ishlanadi, qayta ishlash harajatlarini odatda ishlab chiqarilgan paxta chigiti bilan toʼlanadi, shu bilan birga valьyuta bilan toʼlash ham mumkin.
Oʼzbekiston Respublikasida paxta xom-ashyosi qabul qilinayotganda selektsion va sanoat navi, sinfi, uzunligi boʼyicha saralanib, gʼaramlarga joylashtiriladi. АQShda esa paxta xom-ashyosi terib olinganidan keyin paxta dalalarida, maydonlarda kichik modullarda saqlanadi.
Ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun egalik huquqi fermerda boʼladi, fermer paxta tolasini sotish boʼyicha qaror qabul qilishda erkin va tolani sotishning turli usullari mavjud.
АQSh qishloq xoʼjaligi vazirligi tarkibidagi The Commodity Credit Corporation (CCC) tomonidan ayrim qishloq xoʼjaligi mahsulotlariga, jumladan paxta uchun ham marketing uchun yordam kreditlari dasturi amalga oshiriladi.
АQShda terib olingan paxta toʼrt oy davomida qayta ishlanadi, ushbu davrda ishlab chiqarilgan paxta tolasi bozorga birdaniga chiqarilgan taqdirda tolaning narxi sezilarli pasayishi mumkin, bu fermerlarning iqtisodiy zarar koʼrishiga sabab boʼladi.. Buni oldini olish maqsadida marketing uchun yordam kreditlari beriladi, bu fermerga tolani narxlar qulay boʼlganda sotish imkoniyatini beradi.
Ushbu dasturga koʼra fermer The Commodity Credit Corporation (CCC) kompaniyasidan 9 oy muddatga kredit olishi mumkin, bunda u tolaga egalik huquqini saqlab qoladi va ushbu davrda tolani erkin bozorda sotib kreditlarini qaytarish imkoniyati mavjud.
2018 yilda jami 18,367 mln toy paxta ishlab chiqarilgan boʼlsa shundan 8,25 mln toy hisobiga mareting uchun yordam kreditlari olingan.
Fermerlar uchun tolani kooperativlarning marketing “pul”lari orqali, paxta zavodlarga, broker va treyderlar orqali mahalliy va eksportga sotish imkoni mavjud.
Paxta tolasi uchun sertifikatlash majburiy boʼlmagani bilan ishlab chiqarilgan tola toʼliq АQSh qishloq xoʼjaligi departamenti USDA tarkibidagi 10 ta sinov laboratoriyalari tomonidan sertifikatlanadi, sinov laboratoriyalari 240 gaa yaqin HVI tizimlari bilan jihozlangan.
Ishlab chiqarilgan paxta toylaridan litsenziyalangan namuna oluvchilar tomonidan toyning ikki tomonidan namuna olinadi va USDA laboratoriyalariga joʼnatiladi. Paxta toylari shtrix-birkalar bilan markalanadi.
Shtrix birka
Ushbu shtrix-birkalaridan paxta tolasini yetishtirgan fermer, paxta oʼstirilgan maydon, qayta ishlangan paxta tozalash korxonasi kabi maʼlumotni, shuningdek saqlanish joyini aniqlash imkoniyati mavjud, yaʼni paxtani daladan xaridorgacha harakatini monitoring qilish imkoniyati mavjud.
Paxta tolasi toʼliq instrumental usulda HVI tizimlarida sinovdan oʼtkaziladi. Sinovlar natijalari Milliy paxta bazasiga kiritiladi va fermer va bozor ishtirokchilari paxta tolasi sifatini onlayn tanishish imkoniyati mavjud.
Sinovdan oʼtgan paxta tolasi HVI tizimlari koʼrsatkichlariga asosan rangi va iflosligiga qarab saralanadi va yirik treyderlar orqali xorijiy davlatlarga esport qilinadi.
Paxta tolasini namuna olish va klasifikatsiya qilish litsenziyasi bor fuqaro qasddan notoʼgʼri tasniflasa, yoki ularni faoliyatiga toʼsqinlik qilsa, shuningdek uni notoʼgʼri tasniflashga undasa 1000 dollardan ortiq boʼlmagan jarima yoki 6 oydan koʼp boʼlmagan qamoq jazosi yoki sud qaroriga binoan har ikkalasi bilan ham jazolanishi mumkin.
Paxta tozalash korxonalari texnik holati, ishlab chiqarish boʼyicha majburiy talablar mavjud emas, buning sababi paxta tozalash korxonalari paxta xom-ashyosini sotib olish bilan shugʼullanmaydilar, paxtani qayta ishlash fermer bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi, zavod paxtani saqlash, tolani chiqishi kabi koʼrsatkichlar uchun javobgar emas.
Shu sababli paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarishda foydalanish uchun USDA tomonidan “Paxta qayta ishlovchilar uchun qoʼllanma” (Cotton Ginners Handbook ) ishlab chiqilgan.
АQSh tajribasi paxta xom-ashyosini sertifikatlash orqali uni daladan to xaridorgacha axborot kommunikatsion tizimlari orqali nazorat qilish, shuningdek ushbu tizim tolani toyma-toy sifatini aniqlash orqali uni saralash va samarali marketing qilish imkoniyati berishini koʼrsatdi.
"Oʼzagroinspektsiya", Paxta xom-ashyosi va uni qayt ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalnishni nazorat qilish boʼlimi