Ру Ўз O`z En

Ochiq maydonga qabul qilingan donlarning yopiq sig‘imga o‘tkazilishi nazoratda

12 Avgust 2024 925

Qabul qilingan don mahsulotlarining saqlanishi, ularni joylashtirish tartibiga rioya qilinishi, miqdori, sifati bo‘yicha hisobga olishning to‘g‘riligi, donlarning saqlashda tabiiy kamayish meʼyorlari qo‘llanishining asoslanganligi ustidan doimiy nazoratini amalga oshirish "O‘zagroinspeksiya"ning asosiy vazifalaridan biridir.

Shunga ko‘ra, Inspeksiyaning Namangan viloyati boshqarmasi Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi mutaxassislari tomonidan 2024 yil hosilidan mavsumda ochiq maydonlarga qabul qilingan 137 ming 8 tonna donni yopiq sig‘imlarga kiritishi bo‘yicha kunlik nazorat va taxlilar olib borilmoqda.

Viloyatda 2024 yil hosilidan mavsumda jami 185 ming 939 tonna yoki shartnomaviy rejaga nisbatan 102,7 foiz bug‘doy jamg‘arilgan bo‘lib, shundan vaqtinchalik saqlash (birja)ga 114 ming 136 tonna (103,6 %), davlat zaxirasi (jamg‘arma)ga 59 ming 909 tonna (100,1%) bug‘doy qabul qilingan.

Ulardan 137 ming 8 tonnasi ochiq maydonlarga joylashtirilgan edi.

Mavsum boshidan shu kunga qadar 91 ming 125 tonna (67 %) bug‘doy yopiq sig‘imlarga joylashtirildi. Ularning 55 ming 527 tonnasi qabul qilingan maskandagi omborxonalarga, 2 ming 956 tonnasi avtotransportlar orqali korxonalarning elevatorlariga, yangi qurilgan yopiq sig‘imlarga kiritildi. Nihoyasiga yetayotgan ushbu jarayon inspeksiya mutaxassislari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

A. Neʼmatov, Inspeksiyaning Namangan viloyati boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i

Text to speech